Jahongir Zokirovning professional boksdagi ilk raqibi ma’lum!

  • 26.09.2023 11:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Xabar berib o‘tganimizdek, 14 oktyabr kuni AQShning Texas shtatida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda qozog‘istonlik Janibek Alimxanuli va Vinchentso Gualteri ringga ko‘tariladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, yosh iste’dod egasi, og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov ham professional boksda debyut jangini o‘tkazadi.Bugunga kelib, 20 yoshli bokschimizning raqibi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Unga ko‘ra Zokirov ilk jangini kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan, AQSh vakili Gilermo Del Rio (3-4-1, 2 KO) bilan o‘tkazadi.

Albatta, ushbu jangda yurtdoshimizga omad tilab qolamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н Н
28/09/2023 23:44
https://r.honeygain.me/BUXG911C26