Jasur Yaxshiboev "Legiya" safida debyut qildi!

  • 01.05.2021 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Bugun Polsha chempionatining 28-turida Jasur Yaxshiboev harakat qiladigan “Legiya” klubi o‘z maydonida “Visla Krakov”ni qabul qildi.

Afsuski, chempionat peshqadami hisoblangan “Legiya” ushbu o‘yinda 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi. Biz uchun ahamiyatlisi, Jasur Yaxshiboev “Legiya” safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. O‘zbekistonlik futbolchi 79-daqiqada Rafael Lopesh o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Jasur “Legiya” safiga 2020 yil Soligorskning “Shaxtyor” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

“Legiya” ayni damda Polsha chempionatida 28 turdan so‘ng, 60 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
01/05/2021 21:37
Асли зўр фцтболчи Жасур секин аста Европанинг марказига кучли 5 ликка яқинлашиб кетмоқда. » Беларус, Полша, Германия, Италия, Испания...Англя сари олға бос Жасур .