Kanchelskisning Andijonda "Metallurg" o‘yinini kuzatganiga Shipilov qanday munosabat bildirdi?

  • 22.06.2020 21:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, kecha “Metallurg” klubi Coca-Cola Cuperligasining 5-turida Andijonga safar qilib, navbatdagi muhim g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvni bevosita “Sog‘lom avlod” stadionida “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ham kuzatib borgani haqida xabar bergandik. Chunki 6-turda “Metallurg” aynan “Navbahor”ni qabul qiladi. Shu boisdan namanganliklar ustozi bo‘lajak raqibining o‘yinini jonli ravishda o‘rganib chiqishga qaror qilgandi.

Xo‘sh, bu borada “Metallurg” ustozi Andrey Shipilovning munosabati qanday bo‘ldi? Undan mazkur masala bo‘yicha o‘z fikrini bilishga qiziqdik. Natijada Sports.uz uchun quyidagi fikrlarni bildirdi.  

- Ha, bundan xabarim bor. O‘yinga “Navbahor” klubi bosh murabbiyi va mutasaddilari kelganini eshitdim. Bu ularning ishi. Hammamiz ham raqib jamoani shunday tarzda o‘rganib chiqamiz.

Istalgan jamoaning murabbiyi bo‘lajak raqibini o‘rganib, o‘ziga kerakli ma’lumotlarni olishga harakat qiladi. Tabiiyki, biz ham “Andijon” bilan o‘yindan keyinoq “Navbahor”ga qarshi tayyorgarlikni boshlaganmiz. Tarkibimizda kichik jarohati bor o‘yinchilarimizni davolaymiz. Umuman, biz ham navbatdagi bellashuvga munosib tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganmiz, - dedi Shipilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Rahmatillaev
22/06/2020 21:42
Навбахорга омад тилайман ўйин хаққоний бўлсин ким кучли бўлса ғалаба қозғонсин биз эса чиройлик ўйин кўрайлик.