Karolin Voznyatski Italiyadan bosh sovrinni olib ketmoqchi
Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski Rimda "Premera" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning chorak finaliga chiqdi.
Karolin uchinchi davra bahslarida latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uch set davom etgan o‘yinda daniyadik tennischi 6:2, 5:7, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Voznyatski "Internazionali BNL d'Italia" musobaqasining navbatdagi bosqichida estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar