Kasilyas ham Zidan haqida gapirdi

"Real" sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "qaymoqranglilar"ning omadsiz o‘yinlari haqida gapirdi.

"Chempionlar ligasida "Real" vaziyatni to‘g‘rilay olish-olmasligi o‘ziga bog‘liq, La Ligada esa ishlar yomon emas.

Zidan ajoyib murabbiy va yaxshi do‘st. U "Real"ni barcha natijalarga erishishi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. O‘tmish bilan yashash kerak emas, ammo Zidan Madrid klubini boshqarishga haqli edi", - dedi Kasilyas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!