Katanetsni himoyaviy uslubi uchun tanqid qilganlar, Bento aynan siz xohlagan tip

  • 29.08.2025 14:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

 

Paulo Bento O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi tobora oydinlashib bormoqda. Bu murabbiyni ko‘pchilik Birlashgan Arab Amirliklari va Portugaliyada qayd etgan natijalariga e’tibor qaratdi va ko‘pchilikda unga nisbatan ishonchsizlik shakllanib bormoqda. 

Paulo Bentu kim va Osiyoda qanday ishlayotgandi?

Portugaliyalik murabbiy Paulo Bentu Toshkentga etib keldi. U O‘zbekiston milliy jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

Paulo Bentu qanday murabbiy?

Bentu faoliyatining so‘nggi 7 yilini Osiyoda o‘tkazmoqda. U 2018-2022 yillarda Janubiy Koreya terma jamoasini boshqargan bo‘lsa, 2023-2025 yillarda BAA terma jamoasida faoliyat yuritdi. 

JANUBIY KOREYa

Portugaliyalik mutaxassis 2018 yil 17 avgust kuni Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning oldidagi ilk yirik turnir — Osiyo kubogi-2019 bo‘ldi. BAAda tashkil etilgan ushbu turnirda Koreya chorak finalgacha etib bordi. Jamoa guruh bosqichida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, nimchorak finalda Bahrayn mag‘lub etildi (qo‘shimcha bo‘limlarda). Koreyaliklar chorak finalda Qatarga imkoniyatni boy berishdi (0:1).

Paolo Bentu JCh-2022 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa so‘nggi bosqichda Erondan (25 ochko) keyin 2-o‘rinni egalladi (23 ochko). 

Janubiy Koreya terma jamoasi Qatardagi Mundialning guruh bosqichida 2-o‘rinni egalladi (Urugvayni ortda qoldirgan holda) va nimchorak finalda Braziliyaga imkoniyatni boy berdi (1:4).

Shundan so‘ng Bentu iste’fo berdi va bu qarorni 2022 yilning sentyabr oyidayoq qabul qilganini, dam olishni xohlaganini bildirdi. Ya’ni, murabbiy shartnomasining oxirigacha ishladi. 

BIRLAShGAN ARAB AMIRLIKLARI

Paulo Bentu 2023 yil 9 iyulda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. JCh-2026 saralash bosqichida u muvaffaqiyatga erisha olmadi. Natijada u 2025 yil 26 mart kuni BAA futbol assotsiatsiyasi Bentu va uning shtabini ishdan bo‘shatdi.

O‘YIN USLUBI

Paolo Bentu nisbatan hujumkor uslub tarafdori va futbolchilardan faol pressingni talab qiladi. Janubiy Koreyada sifatli o‘yinchilar ko‘p bo‘lgani uchun murabbiyning bu uslubi ish berdi. 

Ammo BAA terma jamoasi kuchliroq jamoalarga qarshi o‘yinlarda (Eron va O‘zbekiston) muvaffaqiyatsizlikka uchradi. (Manba)

Endi uning mana shu 3 ta terma jamoadagi umumiy statistikasini sizga taqdim etamiz: 

Portugaliya bosh murabbiyi sifatida (PPM - Points per match) 



Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 



Birlashgan Arab Amirliklari bosh murabbiyi sifatida



E’tirozlardan endi foyda yo‘q. Bento termamizning bosh murabbiyi bo‘lishi deyarli aniq. Unga to‘liq baho berish uchun imkonimiz bo‘ladi hali. BAAdagi muvaffaqiyatsizlik fonida uni yomon murabbiy, deb atayotgan bo‘lsak, Janubiy Koreya bilan Mundialdagi muvaffaqiyatli ishtirok ortidan unga yuqori baho bersak bo‘ladi. Har holda, u Portugaliya, Urugvay va Gana kabi terma jamoalar bor guruhdan chiqishni uddalay olgan. 

Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, u BAA bilan O‘zbekiston va Eronga qarshi o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ha, balki biz kuchlidirmiz-ki, u termasi bilan bizga mag‘lub bo‘lgan. Biroq o‘sha Bento boshchiligidagi BAA Qatarni 5-0 hisobida taslim etgan. Ya’ni uning jamoalari anchagina hujumkor o‘ynaydi, himoyalanishda u qadar ham yaxshi emas. Ko‘pchilik Katanetsni shuning aksi bo‘lgani uchun tanqid qilardi. Sizlar xohlagan tip va Katanetsdan katta bo‘lsa, katta, ammo kichkina nom emas Bento. 

Shuningdek, qaror qabul qilingan ekan, bunga biz ta’sir ko‘rsata olmaymiz. Faqatgina Mundialdan keyin xulosa chiqarishimiz mumkin. 




 

Karim Xudayqulov 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!