
Kloppning “egizagi” multimillioner bo‘lib chiqdi
“Liverpul” muxlislari orasida jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppga tashqi ko‘rinish jihatidan o‘xshashligi bilan mashhur bo‘lgan kishining shaxsi aniqlandi.
Germaniyalik mutaxassisning “egizagi” 61 yoshli Rey Kornuell bo‘lib chiqdi. Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan Kornuell multimillioner ekan.
Unga tegishli kompaniya London markazida joylashgan. Kornuell Frantsiyada mehmonxona, Meksikada restoranlar tarmog‘iga ega ekani ham aytilmoqda.
- Men bilan uchrashgan odamlarning 60 foizi “Yurgen Klopp” ekanimga ishonadi. “Uembli” stadioni oldida germaniyalik jurnalistlar mening oldimga kelib, nemischa gapira boshladi. Men ularga haqiqiy Klopp emasligimni aytishga majbur bo‘ldim.
Inglizlar ham ko‘pincha meni mashhur murabbiyga adashtirishadi. O‘zim ham ularni kalaka qilishni xush ko‘raman, - dedi Kornuell.
Fikrlar