Koman xomiylik shartlarini buzganligi uchun jarimaga tortiladi
"Bavariya" klub himoyachisi Kingsli Komanni ichki tartib qoidani buzganligi uchun jarimaga tortmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi klub mashg‘ulotlar bazasiga "McLaren" markasidagi avtomobilda kelgan. Myunxenliklar xomiylik shartlariga ko‘ra, klub murabbiylar shtabi va futbolchilari mashg‘ulotlarga faqat "Audi" brendi ostidagi mashinalarda kelishlari talab qilinadi.
Joriy mavsumning ortda qolgan turlari davomida frantsiyalik futbolchi "Bavariya" libosida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar