Kurtua "Barselona"ga "salom" yo‘lladi

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua chempionlikni qo‘lga kiritganligi haqida gapirdi. Posbon "Barsa"ga qarshi o‘yindan keyin jamoa birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymaganini ta’kidlab o‘tdi. 

"Chempionlikni qo‘lga kirita olganimiz ajoyib. Bundan ham yaxshisi, o‘z maydonimizda 4:0 hisobida g‘alaba qozondik. Biz barqaror o‘ynadik, lekin "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyat og‘ir bo‘ldi. 

"Klasiko" hal qiluvchi o‘yinga aylandi. Biz uyg‘ondik, ayrimlar esa La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritganday nishonlashdi va qaytganliklarni aytishdi", - dedi Kurtua. 
 
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" ikkinchi o‘rindagi "Barselona"dan 18 ochkoga ilgarilab ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!