La Liga. "Barselona" yirik hisobda "Levante"ni mag‘lub etib, turnir jadvalidа peshqadamga aylandi!
La Liganing 25-turidan o‘rin olgan bahsda "Barselona" o‘z uyida "Levante"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
Dastlab, uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Mark Bernal hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Kanseloning uzatmasidan so‘ng Frenki de Yong oradagi farqni ikkita oshirdi. 81-daqiqada esa Fermin Lopes uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni yiriklashtirdi.
Shu tariqa, kataloniyaliklarning ochkolari soni 61 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshdamga aylandi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Barselona
- Marc Bernal 4'
- Frenkie de Jong 32'
- Fermín López 81'
Tugadi
3
:
0
22.02.2026 20:15
Fikrlar