"Latsio" etakchisi jarohat oldi

"Latsio" hujumchisi Xoakin Korrea jarohat oldi.

"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, Xoakin jarohati sabab 4 haftani o‘tkazib yuboradi. Futbolchi shuningdek, 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Rim derbisida ham ishtirok eta olmaydi.

Ma’lumot uchun, Korrea joriy mavsum "A" Seriyada 1ta gol urdi va shuncha golga hammualliflik qildi.  Qolaversa, Xoakin chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘z hisobiga 2ta gol va 2ta assist yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!