"Lids" yana bosh murabbiyini iste’foga chiqarmoqchi
"Lids" bosh murabbiyi Xavi Grasiyani ishdan bo‘shatishni o‘ylayapti, deya yozdmoqda Anglyaining bir qancha nashrlari. Murabbiyning kelishi klubni qutqarib qola olmadi, ya’ni natijalar hamon qoniqarsiz.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur iste’fo yaqin kunlarda bo‘lishi ham mumkin. Sababi, rahbariyat ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida klub quyi ligaga tushib ketadi, deb hisoblaydi. "Lids" o‘tgan turda "Bornmut"ga yirik 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin murabbiyning ketish xavfi ortdi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi Grasiya Jessi Marsh o‘rniga "Lids" boshqaruviga o‘tirgandi. Unig qo‘l ostida jamoa so‘nggi marta 4-aprelda g‘alaba qozondi.
Fikrlar