"Liverpul" Salahga o‘rinbosar topdi

  • 11.12.2025 19:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" PSJ futbolchisi Bredli Barkolaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, ingliz klubi frantsiyalik futbolchini Muhammad Salohga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bundan bir necha kun oldin misrlik hujumchi jamoadagi mavqeyidan noroziligini haqida aytgan edi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi "Liverpul"ni tark etishi mumkin. 

PSJ safida harakat qilayotgan Bredlining hozirda transfer bozoridagi narxi 70 million evroni tashkil etadi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda 21 yoshli futbolchi PSJga "Lion" safidan kelib qo‘shilgan. Shu davr mobaynida vinger 122 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol kiritgan va 33 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!