"Liverpool" Salahning o‘rniga 130 million yevroga futbolchi olib kelmoqchi

  • 18.02.2026 17:40
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" "Bavariya" futbolchisi Maykl Oliseni Muhammad Salahga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqida "TEAMtalk" nashri ma’lum qildi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "qizillar" rahbariyatining fikricha, vinger misrlik futbolchining o‘rnini bemalol bosishi mumkin deb o‘ylamoqda. Ammo Myunxen klubi futbolchisini sotish niyatida emas. Mayklnig o‘zi ham hozircha APLga qaytish haqida o‘ylamayapti. Bundan tashqari, nemis grandi Olisega yangi shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda.

Fransiyalik vingerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli vinger joriy mavsum Kompani qo‘l ostida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol kiritdi va 25 ta golli uzatma amalga oshirishga erishgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!