Luis Enrike Braim Dias haqida: "U jinoyatchi emas, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak"

  • 20.01.2026 00:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique Afrika millatlar kubogi finalida penaltiidan foydalanа olmagan "Real" va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Braim Dias haqida fikr bildirdi.

Finalda Marokash terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Senegalga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 24-daqiqada Braim penalti markazga panenka uslubida yo‘lladi, ammo raqiblar darvozaboni Eduar Mendi to‘pni ushlab qoldi. Ushbu zarbadan oldin penalti belgilanishi bilan bog‘liq uzoq tortishuvlar kuzatildi, hatto Senegal jamoasi maydonni tark etgan edi.

"Bugun shu holatni muhokama qildik. Hozir hamma Braim haqida gapiryapti. Lekin men Zidanni eslayman. Zidan — futbol ilohi. U ham jahon chempionati finalida huddi shunday ish qilgan (2006 yil, Italiyaga qarshi). Shuningdek, Serxio Ramosni ham eslayman, u muhim o‘yinda panenka zarbasini amalga oshirgan (Yevro-2012 yarim finali, Portugaliyaga qarshi). Ko‘p futbolchilar shunday qiladi.

Agar sen shunday penaltingni tepsang va gol ursang, hamma qarsak chaladi, hech kim gapirmaydi. Agar omad kelmasa, ko‘pchilik futbolchi haqida salbiy fikr qila boshlaydi.

Braim — ajoyib futbolchi. Men uni yaxshi bilaman. Uni terma jamoaga taklif qilganman. U yuqori darajadagi o‘yinchi va ajoyib inson. Bu holat adolatsiz. Bunga ko‘nikish oson emasligini tushunaman. Bu sport — unda g‘alaba ham, mag‘lubiyat ham bo‘ladi. Hech qanday fojia yo‘q. Yutasanmı yoki yutqazasanmı — hayot to‘xtab qolmaydi. Eng muhimi — yoshlarqa qanday qadriyatlarni ko‘rsatayotganing. U jinoyatchi ham, yovuz odam ham emas. Unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Hozir bu — bosimli payt", — dedi Luis Enrique.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!