Magnus Karlsen — to‘qqiz karra blits bo‘yicha jahon chempioni!

  • 30.12.2025 23:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Magnus Karlsen 2025 yil blits bo‘yicha jahon chempionatida g‘alaba qozonib, ushbu yo‘nalishda to‘qqizinchi bor jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Uning umumiy jahon chempionliklari soni 20 taga yetdi: 5 tasi klassik shaxmatda, 6 tasi rapidda va 9 tasi blitsda. Shuningdek, bu Karlsen uchun jahon chempionatlarida beshinchi bor "qosh oltin" natijasi bo‘lib, bunday yutuq avval hech kimga nasib etmagan edi.

Nodirbek Abdusattorov esa 2021 yil rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘lganidan keyin, 2025 yil blits musobaqasida jahon vitse-chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Bibisara Asaubaeva uchun mazkur muvaffaqiyat so‘nggi to‘rt yil ichida blits bo‘yicha uchinchi jahon chempionligi bo‘ldi. Rapid musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Aleksandra Goryachkina esa faoliyatida ilk bor jahon chempioni unvoniga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!