Manba: "Al-Hilol" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 02.05.2025 12:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xorxe Jezus "Al-Hilol" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi, deb xabar bermoqda "A Bola" nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati jamoa Elit chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin 70 yoshli murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilgan. Turnirning yarim finalida "Al-Hilol" jamoasi "Al-Ahli"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis boshchiligida jamoa o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempioni va Qirol kubogi sohibiga aylangandi. Mamlakat chempionatining joriy mavsumida riyodliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!