Manchester klubi 60 million yevroga zo‘r futbolchi oladi
Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish bo‘yicha ish olib boryapti.
Transfer News Live va Football Transfers kabi manbalarning xabar berishicha, manchesterliklar asosiy transfer maqsadi sifatida “Inter” himoyachisi Federico Dimarko nomzodini tanlagan.
Manchester klubi italyanlik futbolchi yordamida chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirishni istayapti. 28 yoshli Dimarko transferi uchun “Manchester Yunayted” 60 million yevrogacha taklif qilishga tayyor.
Federico Dimarkoning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda futbolchi 36 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasiga 7 ta gol urdi va jamoadoshlariga 15 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar