"Manchester Siti" futbolchisi yana ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri tizzasidagi muammo sababli navbatdagi o‘yinlarda jamoasiga yordam berolmasligi mumkin.
Ispan futbolchisi o‘tgan mavsumning katta qismini ayni shu tizzasidagi bog‘lamlarning uzilishi ortidan ko‘plab o‘yinlarda ishtirok eta olmagan edi.
Xosep Gvardiola "Byornli"ga qarshi uchrashuvdan keyin Rodri aynan o‘sha tizzasida og‘riq sezgani uchun maydonga tushmaganini ma’lum qildi.
"City Xtra" nashrining yozishicha, klubning tibbiy shtabi futbolchining tiklanish jarayonini ehtiyotkorlik bilan olib borishi kerak bo‘ladi. Bu esa Rodrining "Monako" (1 oktyabr) va "Brentford" (5 oktyabr)ga qarshi bahslarda maydonga tushishiga shubha uyg‘otmoqda.
Fikrlar