"Manchester Siti" Gvardiolaga o‘rinbosar topgandi, biroq...
"Manchester Siti" yangi murabbiy topgandi, biroq u hozirgi ish joyini tark etmoqchi emas.
"Manchester Siti" yozda Xosep Gvardiola jamoani tark etishini e’lon qilganidan so‘ng uning o‘rniga nomzodlar qidirmoqda. Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, "shaharliklar" short-listida "Bavariya" ustozi Vensan Kompani ham bor. Biroq belgilayik mutaxassis hatto "Manchester Siti" uchun ham Myunxen klubini tark etmoqchi emas. Kompanining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan va u jamoaning loyihasiga qat’iy ishonadi. Vensan Kompani 2008-2019 yillar oralig‘ida aynan "Manchester Siti"da to‘p tepgan va klubning sardori bo‘lgan edi. "Shaharliklar" safida 12ta sovrinni qo‘lga kiritdi va ularning 4tasi APL chempionligi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Kompani "Bavariya"ni 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar