Manchesterliklar Afrika chempionini olib keladi

  • 28.01.2026 12:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” tarkibini kuchaytirish maqsadida Senegal terma jamoasi va “Everton” klubi qanot hujumchisi Iliman Ndiayeni yozgi transferlar ro‘yxatiga kiritdi.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 25 yoshli vingerni sotib olish uchun manchesterliklar juda katta summa to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shu bilan birga, hozircha “Everton” senegallik futbolchiga narx belgilamagan, chunki uni sotilmaydi, deb ta'kidlashmoqda.

Ndiaye yanvar oyida Senegal terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogi musobaqasida bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

Joriy mavsumda “Everton” vingeri barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda ishtirok etdi va to‘rtta gol hamda ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, hujumkor o‘yinchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!