Manchesterliklarning eng zo‘r o‘yinchisi Saudiyaga ketmoqchi

  • 27.03.2026 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” jamoasi yetakchisi Brunu Fernandesh yozda klubni tark etishi masalasi ko‘p tilga olinayotgan mavzulardan biri hisoblanadi.

Taniqli jurnalist Aleks Kruk ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik yulduz ayni paytda Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Futbolchining shartnomasida taxminan 65 million yevro miqdorida chiqib ketish bandi mavjud. Yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni Yevropa klublari ham kuzatmoqda.

Brunu Fernandesh 2020 yilda “Udineze”dan “Manchester Yunayted”ga 65 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Brunu Fernandesh joriy mavsumda u 30 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!