Mane Afrika Millatlari kubogida endi o‘ynamaydi

  • 20.01.2026 00:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Senegal terma jamoasi sardori Sadio Mane Afrika millatlari kubogida endi ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

Finalda Senegal qo‘shimcha vaqtda Marokashni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol Papa Geye tomonidan kiritildi. Uchrashuv davomida bahsli penalti epizodidan so‘ng futbolchilarni maydonga qaytarishda Mane muhim rol o‘ynadi.

"Afrika millatlari kubogidagi davrim yakunlandi. Jamoada avlodlar almashinuv bor, yigitlar o‘zlari uddalaydi. Men esa ularni tribunadan qo‘llab-quvvatlayman", — dedi Mane.

Ma'lumot uchun, u turnirning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!