Mashhur darvozabonga ikkita ish chiqdi

  • 25.12.2025 13:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”da birinchi raqamli darvozabon maqomini boy bergan Mark-Andre ter Shtegen  muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun jamoasini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.

33 yoshli darvozabon jarohatidan qutildi va endi o‘ziga mos boshqa jamoa topishi kerak.

Ayni paytda Ispaniyaning “Jirona” hamda Angliyaning “Aston Villa” klublari tajribali golkiperni “Barselona”dan mavsum oxirigacha ijaraga olishga harakat qilmoqda.

Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, nemis futbolchisi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ijaraga ketishga tayyor, chunki u 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan Germaniya milliy terma jamoasidagi o‘rnini mustahkamlab olishni istaydi.

Qayd etilishicha, agar ter Shtegen “Barselona”da qoladigan bo‘lsa, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uni termaga chaqirmasligi mumkin.

Joriy mavsumning birinchi qismida ter Shtegen bel jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tkazdi. Maydonga qaytgandan so‘ng u Ispaniya kubogida faqat bitta uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!