Mashhur klub 8:0 hisobida g'alaba qo'zongan murabbiyni ishdan haydadi
Braziliyaning mashhur klubi “Flamengo” rahbariyati “Madureyra” jamoasi ustidan 8:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin bosh murabbiy Filipe Luisni o‘z lavozimidan ozod qildi.
Bu haqida Globo internet nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, murabbiyni ishdan bo‘shatish qarori o‘yin boshlanishidan oldin qabul qilingan va yirik hisobdagi natija ham vaziyatni o‘zgartira olmagan.
Filipe Luis 2024 yildan beri “Flamengo”da faoliyat yuritib kelayotgan edi. U professional futbolchilik faoliyati davomida ham ushbu jamoa safida o‘ynagan.
Filipe Luis futbol jamoatchiligiga Madriddning “Atletiko” va Londonning “Chelsi” klublaridagi o‘yinlari orqali tanilgan. Madriddliklar safida Luis Ispaniya chempionligi va UEFA kubogini (hozirgi Yevropa ligasi) qo‘lga kiritgan. “Chelsi” safida esa Angliya Premier-ligasida g‘olib chiqqan.
Fikrlar