Mashhur yulduz baribir “Barsa”ni tark etadigan bo‘ldi

  • 17.10.2025 16:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘n yil davomida “Barselona” sharafini himoya qilib kelgan germaniyalik mahoratli darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, 33 yoshli golkiper faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelishi talab etiladi.

Ayni paytda jarohatini davolatayotgan ter Shtegen o‘tgan mavsumdayoq asosiy darvozabon maqomini yo‘qotgan. Bu ahvolga tushishiga klub rahbariyati va Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan ziddiyatga borgani sabab bo‘lgan edi.

Mark-Andre ter Shtegen jamoada qoladigan bo‘lsa, zaxirada o‘tirishiga to‘g‘ri keladi. Chunki  yozda jamoaga kelgan Joan Garsiya murabbiylar ishonchini to‘liq oqladi. Ikkinchi raqamli darvozabon sifatida Voytsex Shchesni belgilangan.

Ter Shtegen 2026 yilning yozida bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. Germaniya terma jamoasi darvozasidagi o‘rnini saqlab qolish uchun u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Shu bois, Mark-Andre qishki transferlar oynasi ochilishi bilan o‘ziga imkoniyat beradigan boshqa klubga o‘tishi mumkinligi aytilyapti.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!