Maskerano Messining kelajagiga oydinlik kiritdi
“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xavyer Maskerano jamoa yetakchisi Lionel Messi haqida savolga javob berdi.
- Biz Leoni maksimal darajada asrashga harakat qilamiz. U maydonda o‘zini qulay his qilmoqda. Hozir u terma jamoaga yo‘l oladi, qaytgach esa vaziyatni ko‘ramiz.
U bizning maqsadlarimizga erishishda muhim o‘yinchi. Messi bo‘lmasa, buning iloji yo‘q, - dedi Xavyer Maskerano.
Lionel Messi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan. Keyin ikki yil PSJ sharafini himoya qildi.
2023 yilning yozida argentinalik yulduz AQShga ko‘chib o‘tdi va “Inter Mayami” bilan shartnoma imzoladi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilning oxirigacha tuzilgan.
Fikrlar