Mbappe: "Agar hozirgi “Bavariya”ni yutoladigan jamoa bo‘lsa, u — “Real”
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "Bavariya"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Ispaniyada ayrimlar men Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun “Real”da o‘ynamayman, deb xavotir olishmoqda. Ammo klub uchun o‘ynash juda muhim. Biz hali ham La Liga va Chempionlar ligasida g‘alaba uchun kurashmoqdamiz.
Chempionlar ligasida biz juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz, ehtimol, hozirgi paytda eng yaxshi formadagi jamoadir. Agar uni mag‘lub eta oladigan jamoa bo‘lsa, u — “Real”, — dedi Mbappe.
Ma’lumot uchun, bu ikki klub o‘rtasidagi ilk uchrashuv 7 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar