Memfis Depay Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi
"Korintians" hujumchisi Memfis Depay Finlyandiyaga qarshi (4:0) JCh–2026 saralash uchrashuvida ikki golli uzatma amalga oshirdi va Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi assistent bo‘ldi.
Endi Depay hisobida 35 ta golli pas mavjud. U o‘yin oldidan Uesli Sneyder bilan bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishib turgandi (33 assist).
Bundan tashqari, Memfis penaltidan ham bir gol urdi. Shu tariqa, 54 gol bilan u Niderlandiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Avvalgi rekord Robin van Persiga tegishli edi (50 gol).
Fikrlar