Men Konor Makgregorni nokaut qilardim
Braziliyalik UFC jangchisi Karlos Prates ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan o‘zaro jang haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Ko‘pchilik Konor bilan jang haqida so‘radi, biroq men hali UFC dan hech narsa eshitmadim. Albatta, Makgregorga qarshi oktagonga chiqish katta sharaf. Ammo hozir chempionlikka yaqinlashtiradigan jangni xohlayman, masalan, Jek Della Maddalena bilan. Rostini aytsam, irlandga qarshi to‘qnashuv ehtimoli yuqori deb o‘ylamayman, chunki Konor besh yildan beri jang qilmagan. Agar qaytsa ham, men uni nokautga uchratardim. Shu bois superyulduz uchun bunday qaytish to‘g‘ri emas", – deya Karlosning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".
Eslatib o‘tamiz, Prates oxirgi jangida Leon Edvardsni 2-raundda nokautga uchratgan. Konor esa Dastin Poryedan 2-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar