Messi “Barselona”ga yakuniy javobini berdi

  • 28.02.2026 05:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2023 yildan beri AQShning “Inter Mayami” jamoasida o‘ynayotgan Lionel Messini “Barselona”ga qaytarish masalasi keyingi paytda yana ko‘tarila boshlandi.

Yaqinda “Barselona” prezidentligi uchun saylov bo‘ladi. Nomzodlarning barchasi saylovda g‘olib chiqish maqsadida jamoaga Messini qaytarishini ta’kidlayapti.

38 yoshli yulduz bu masala bo‘yicha kelajakdagi rejalarini aniq belgilab olgan. Messi nomzodlarning barchasiga “Barselona”ga futbolchi sifatida qaytmasligini ma’lum qilgan.

Bu haqida Catalunya Radio jurnalistlari xabar tarqatdi.

Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, argentinalik faoliyatini yakunlagandan so‘ng Kataloniyaga boshqa rolda qaytish imkoniyatini istisno qilmaydi.

Lionel Messi “Barselona” klubi tizimida 20 yildan ortiq vaqt o‘tkazgan. U klubni 2021 yil yozida tark etgan.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan. “Barsa”ning yangi prezidenti saylovi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!