"Metallurg" Komil Tojiddinovni oʻz safiga qoʻshib oldi
Komiljon Tojiddinov — "Metallurg" futbolchisiga aylandi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarga olib bormoqda.
Jumladan, yarim himoyachi Komiljon Tojiddinov yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumni 26 yoshli yarim himoyachi "Navbahor"da o'tkazdi va 13 ta bahsda maydonga tushdi.
Tojiddinov futbolchilik faoliyati davomida "Navbahor-Farm", "Navbahor", "Katmandu Reyzrs" (Nepal) va "Yang Elefants" (Laos) klublari safida to'p tepgan.
"Komiljon Tojiddinov yangi mavsumda jamoamiz g'alabalariga munosib hissa qo'shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo'lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar