"Milan" Frantsiya chempionatidan o‘ziga zo‘r futbolchi topdi
Frantsiyaning "Tuluza" klubi yarim himoyachisi Amin Adli A Seriyaning grand klubiga o‘tishi mumkin. Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga “Milan” qiziqish bildirmoqda.
Jurnalistning xabar berishicha, "rossonerilar" Adlining transferi uchun 8 million evro ajratishga tayyor. Ammo "Tuluza" futbolchining sotilishidan 10-12 million evro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Adli o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 34ta uchrashuv o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 8 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Uning “Tuluza” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar