Mirzabek Mirxalilov nufuzli turnirning finaliga yo‘l oldi

  • 09.03.2019 18:28
  • 0
  • Boks

Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Aleksey Yukov sovrini uchun  o‘tayotgan boks bo‘yicha ochiq turnirda Mirzabek Mirxalilov finalga yo‘l oldi.

Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan Mirzabek Mirxalilov ukrainalik Ilya Shuchkin ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa M.Mirxalilov musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida mezbonlar vakili Maksim Pankovga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!