Mourinoning taktikasiga sig‘mayotgan Shomurodov

  • 17 aprel, 2022, 14:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18 aprel kuni A Seriya 33-turida "Roma"ni jiddiy sinov kutmoqda. Rimliklarni "Napoli" qarshi oladi. Uchrashuv Neapolda bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bellashuv oldidan Italiya nashrlari doimgidek taxminlar bildirdi. Jumladan, "La gazzetta dello sport" nashrida rimliklar taktikasi va tarkibi muhokami qilindi.

Avvalroq portugaliyalik mutaxassis 3-4-2-1 taktikasiga suyanishni boshlagandi. Bunda jamoa 3 himoyachi bilan harakat qilib, raqib hujumga o‘tganda himoyachilar soni 5 taga etar, rimliklar oldinga borayotgandi ham ustunlik berishi mumkin edi. Italyancha taktika Jozega ma’qul kelayotgandi. Murabbiy ayrim uchrashuvlarda 3 himoyachi bilan o‘ynagan. Ammo oldingi chiziqda Temmi Abraxamga Nikolo Dzanolo yordam berardi. Oxirgi paytlarda unday emasdi.

"Bo‘rilar"ning oldingi chizig‘ida Abraxamga Mxitaryan ko‘maklashdi. Biroq bundan jamoa ko‘p ham foyda ko‘rmadi. Mourino o‘yinlarni yutdi. Lekin jamoa ancha qiynaldi. Boz ustiga u bu gal bunday qila olmaydi. Raqib ancha jiddiy. A Seriyada "Milan" va "Inter"dan so‘ng 3-o‘rinda borayotgan "Napoli". Neapolda Joze shogirdlari o‘rgangan taktikani qo‘llaydi.

Nikolo Zanolo joyiga qaytadi. Mourino avvalgi o‘yinlarda uni orqaroqda o‘ynatgandi, jamoa qiynaldi. Shuning uchun bu gal Joze hujum chizig‘ida Abraxamga yarim himoyachini tandem qiladi. Bunda taktika 3-4-1-2ga o‘zgaradi. Genrix Mxitaryan va hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxirada qoldiriladi. O‘yinning borishiga qarab ular almashtirilishi mumkin...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!