"Nasaf" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Nasaf" jamoasi tajribali yarim himoyachi Sharof Muhitdinov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Mohir yarim himoyachimiz Sharof Muhitdinov jamoamiz bilan shartnomasini uzaytirdi va yana bir yil "ajdarlar" sharafini himoya qiladi.
O‘zining paslari va shedevr gollari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan futbolchimizga va jamoamizga omad tilaymiz", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Muhitdinov 2025 yilgi mavsum Superligada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar