"Nasaf" Yaypanda "Turon" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)
Superliganing 17-turida "Turon" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi.
Mazkur uchrashuvda "ajdarlar" yaypanliklarga nisbatan biroz faolroq harakat qildi va bu tabloda ham o‘z aksini topdi. O‘yinning 21-daqiqasida Husniddin Aliqulov hisobni ochdi. 84-daqiqada esa Norchaev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shunday qilib, qarshiliklar safardagi o‘yindan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan qaytishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar