Nazorat oʻyini. "Qizilqum" ilk oʻyinda gʻalaba qozondi
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" jamoasi ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. "Spartak-2"ka qarshi kechgan bellashuvda Navoiy klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
3-daqiqada Islom Kenzhabojevning uzatmasini Jambuli Zhigauri golga aylantirib hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Diyor Rahmatillojevning pasidan so‘ng Aleksey Schebetun ham gol urdi. Biroz o‘tib esa ukrainalik futbolchining o‘zi yana bir golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Akmal Rustamov shogirdlari birinchi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi.
Fikrlar