"Neftchi" 2 nafar futbolchisini vodiý klubiga ijaraga berdi
SILVANUS NIMELI VA FARHOD SOHIBJONOV “QO‘QON-1912” JAMOASIGA IJARAGA BERILDI.
"Yo‘lbarslar" safida o‘tgan mavsumdan buyon faoliyat olib borgan va chempionlik yo‘lida munosib hissa qo‘shgan legioner hujumchi Silvanus Nimeli, shuningdek mavsum boshida jamoaga kelib qo‘shilgan vinger Farhod Sohibjonov yangi mavsumni ijara asosida “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Mazkur ijara kelishuvi uch tomon — futbolchilar, "Neftchi" hamda “Qo‘qon-1912” klubi uchun ham manfaatli hisoblanadi. Bu qaror o‘yin amaliyotini oshirish, tajriba to‘plash va kelgusida yanada kuchliroq bo‘lib qaytish uchun muhim qadamdir.
Fikrlar