Nemis klubi etakchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Borussiya Dortmund" darvozaboni Gregor Kobel ushbu yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Footmercato" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Shveytsariya terma jamoasi posboni bilan Angliya Premer-ligasining ikki klubi — "Chelsi" va "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining agenti yaqin kunlarda Londonda ingliz klublari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Joriy Germaniya chempionati mavsumida 27 yoshli Kobel 28 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 13 ta o‘yinda ishtirok etgan.
"Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabonning bozor bahosi 40 million evroni tashkil qiladi. Kobelning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar