Noyer uchun mavsum yakuniga etdi

"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. U ta’til vaqtida oyog‘ini sindirib olgan. 

Manuel chang‘i uchayotganida noto‘g‘ri harakat qilgan. Hozir u allaqachon operatsiya qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, posbon qolgan mavsumni to‘liq o‘tkazib yuboradi. 

Eslatib o‘tamiz, Noyerning jamoasi "Bavariya" chempionlar ligasida PSJga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!