OKMK oʻrtoqlik oʻyinida Rossiya klubidan ustun keldi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Toshkentning OKMK klubi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib Rossiyaning SKA jamoasi bo‘ldi. Ushbu bahsda “konchilar” kichik 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Aziz Xolmurodov va Kamron Aliev mualliflik qildi.
Fikrlar