O‘zbek: Messini oladigan darajaga etdik!
Turkiyaning eng qudratli klubi “Galatasaroy” prezidenti Dursun O‘zbek jamoaning “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messini qisqa muddatga ijaraga olishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Messi haqida gapiryapsizlarmi? “Galatasaroy” shunaqa katta transferlar bo‘yicha muzokaralar olib boradigan darajaga etdi. Biz talablarni yuqori darajaga ko‘tara oldik.
Ketma-ket uch marotaba milliy chempionatda g‘olib chiqqan tarkib o‘zagini saqlab qolishga erishdik. Nimaki qilayotgan bo‘lsak, moliyaviy imkoniyatlarimizdan kelib chiqyapmiz. Shu bois, hamma bizdan Messi transferi haqida so‘ray boshladi, - dedi Dursun O‘zbek.
Ta’kidlash joizki, ayrim manbalar Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatigacha yuqori sport formasini ushlab turish uchun MLSda mavsumlar oralig‘idagi tanaffus vaqtida Evropaga kelishi haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi xizmatiga da’vogarlar qatorida “Galatasaroy” ham tilga olingan. MLSning yangi mavsumi kelasi yilning mart oyida boshlanadi.
Fikrlar