Pau Torres "Barselona" qiziqish doirasida
Pau Torres yaqin vaqtlarda "Aston Villa"ni tark etib, Ispaniyaga qaytishi mumkin. Bu haqida "Estadio Deportivo" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, himoyachiga Kataloniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" ro‘yxatida Niko Shlotterbek ham bor.
Biroq "Barselona" uchun ushbu pozitsiyadagi asosiy transfer maqsadi Alessandro Bastoni bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda uning transferi katta mablag‘ talab qilgani sababli kataloniyaliklar bu variantdan voz kechishi ham mumkin.
Joriy mavsumda Torres 26 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning bozor qiymati 22 million yevro atrofida baholanmoqda. Futbolchining "Aston Villa" bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Fikrlar