“Paxtakor” ilk transferini e’lon qildi

  • 05.01.2026 12:00
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Sanjар Quvvatov "Paxtakor"ga qaytdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Tajribaли darvozabon 2 yillik tanaffusdan so‘ng yana jamoamiz safiga qaytdi. "Paxtakor" tarkibida 2019-23 yillar davomida 106 o‘yinda maydonga tushgan Sanjar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekildi. Quvvatov "Sherlar" tarkibida 5 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lib, 2 martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Umid qilamizki, u yana jamoamizga sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi", -deya yozdi “Sherlar” o‘zining rasmiy sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!