Pirs Morgan Ronalduning “An-Nasr” oʻyinlariga baykoti haqida gapirdi

  • 08.02.2026 14:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jurnalist Pirs Morgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "An-Nasr" o‘yinlariga boykot e’lon qilgani haqida fikr bildirdi. Hujumchi klubning ikki o‘yinini o‘tkazib yubordi: 20-turda "Ar-Riyod" (1:0) va 20-turda "Al-Ittihod" (2:0). Morgan ijtimoiy tarmoqdagi  foydalanuvchining Krishtianuni "yiğlayotgan bola" deb atagan xabariga javob qaytardi.

- Bo‘lmagan gap. Krishtianu Saudiya futbolida hech kim qila olmaydigan inqilobni amalga oshirdi. U shunchaki barcha uchun teng sharoitlarni istaydi, - deb yozdi Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldo "An-Nasr", "Al-Ittihod", "Al-Hilol" va "Al-Ahli" klublariga egalik qiluvchi Saudiya Arabistoni investitsiya fondining siyosatidan norozi ekani xabar qilingan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi "An-Nasr"ning qishdagi transferlaridan norozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!