PSJ futbolchisi qishda jamoani tark etmoqchi
PSJning markaziy himoyachisi Lukas Beraldo qishki transfer oynasida klubni tark etishni istamoqda. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2026 yilda bo‘ladigan mundial oldidan ko‘proq o‘yin amalyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Xozirda Beraldoga APL va A Seriya jamaolaridan qiziqishlar bo‘lmoqda. Himoyachining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yiling yoziga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriya mavsum PSJ safida Liga 1'da 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan. EChLda esa hali maydonga tushmagan.
Fikrlar