Qilichboz qizimiz hammani yutdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan “Alatau Kilichi” xalqaro turnirida Farg‘ona viloyati terma jamoasi mamlakatimiz sharafini himoya qildi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Durdona Madaminjonova barcha raqiblarini engib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Robiya Iminova va Odinoy Naimsherova bronza medaliga ega chiqdi.

 O‘g‘il bolalar bellashuvida Sheromon Komiljonov kumush, Jamoliddin Maripjonov bronza medali bilan taqdirlandi.

Jamoaviy dasturda farg‘onalik rapirachi qizlarimiz musobaqa chempioniga aylandi. Ushbu yo‘nalishning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi raqobatda Farg‘ona terma jamoasi kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!