Qudratullo Abduqahhorovning ehtimoliy raqibi avtohalokat tufayli, hayot uchun kurashmoqda

  • 10.10.2019 19:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Bir kun avval Dallasda WBC va IBF yo‘nalishlari chempioni Errol Spenc bilan bog‘liq baxtsiz hodisa yuz berdi.

Xabar qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 02.53da Spenc o‘zi boshqarayotgan Ferrarini keskin ravishda chapga burdi, shundan so‘ng mashina bir necha marta ag‘darildi. Halokat sababi hozircha aniqlanmagan.

Bokschi xavfsizlik kamarini taqmaganligi sababli u mashinadan chiqib ketgan. Hozirda, Spens og‘ir ahvolda Dallas kasalxonalaridan biriga yotqizilgan. U hamon jonlantirish bo‘limida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshod Muratov
10/10/2019 20:43
E shifosini bersin .
Tuzalib ketsin ?