Rahim Sterling Ozarbayjon klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi
Angliya terma jamoasi va "Chelsi" sobiq yulduzi Rahim Sterling faoliyatini Ozarbayjonda davom ettirishi mumkin.
Qozog‘iston klublarining shov-shuvli transferlaridan so‘ng navbat Ozarbayjonga kelgan ko‘rinadi. Yevropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan "Qorabog‘" jamoasi tarkibni kuchaytirishga jiddiy bel bog‘lamoqda. Jamoa Angliya terma jamoasi va "Manchester Siti"da yorqin o‘yinlar ko‘rsatgan 31 yoshli vinger Rahim Sterling bilan shartnoma imzolamoqchi. Ayni vaqtda Sterling erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi klubi Londonning "Arsenal" klubi bo‘lgan edi. 
Ma’lumot uchun, Rahim joriy mavsumda APLda birorta ham uchrashuvda maydonga tushmadi.
Fikrlar